O‘zbekiston gilam eksportidan o‘nlab million dollar ishlab oldi
Mahsulotning asosiy xaridori Qirg‘iziston bo‘ldi.

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida umumiy qiymati 10,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 million kvadrat metr gilamlarni eksport qilgani Milliy statistika qo‘mitasi axborot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.
O‘zbekiston 2025-yilning 6 oyida eng ko‘p gilam eksport qilgan davlatlar:
- Qirg‘iziston – 1 086 ming m²;
- Ozarbayjon – 969 ming m²;
- Afg‘oniston – 725 ming m²;
- Rossiya – 429 ming m²;
- Qozog‘iston – 334 ming m²;
- Boshqa davlatlar – 61 ming m².
Eslatib o‘tamiz, prezident elchixonalar va bosh konsulxonalarni eksportni oshirishda faolroq yordam berishga chaqirgandi. 2025-yilda meva-sabzavot eksportining 80 foizi atigi 5 ta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izohlar