
13 Mart 2025, 15:49 •Oʻzbekiston
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xorvatiya elchisi bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Xorvatiyaning mamlakatdagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Refik Shabanovich bilan video-konferens-aloqa formatida uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvning asosiy kun tartibidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natishning tashkiliy masalalari va qonunchilik bazasini yaratish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish muhokama qilindi.
Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Soʻnggi yangiliklar

Biznesga elektr eneregiyasi va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
14 Mart 2025, 14:00
Fransiya va Yaponiya O‘zbekistonda uran qazib olishga 214 mln dollar yo‘naltiradi
14 Mart 2025, 12:09
O‘zbekistonda havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi: dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti
14 Mart 2025, 11:36
O‘zbekistonlik sportchilar slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltita medal qo‘lga kiritdi
14 Mart 2025, 11:03
O‘zbekiston va Fransiya muhim minerallarni geologik-texnik jihatdan o‘rganadi
14 Mart 2025, 10:30
Toshkentning ikki tumanida reklama peshlavhalarida davlat tili talablari buzilgani aniqlandi
14 Mart 2025, 09:21
1-oktyabrdan fuqarolarga ayrim subsidiya, grant va ssudalar ijtimoiy karta orqali beriladi
14 Mart 2025, 08:47
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga yollashga qiziqish bildirmoqda
14 Mart 2025, 08:13