O‘zbekiston

O‘zbekiston energetika tizimi kuzgi va qishki ish rejimiga o‘tkazildi

Tezkor ta’sir ko‘rsatish uchun butun mamlakat bo‘ylab avariya brigadalari tashkil etilgan.

O‘zbekiston energetika tizimi kuz-qish ish rejimiga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Mamlakat bo‘ylab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarga tezkor javob berish uchun avariya brigadalari tashkil etilgan. Yil davomida 7 ming kilometrdan ziyod elektr uzatish tarmoqlari va 1 ming 700 dan ortiq transformator punktlari yangilandi, 538 kilometr magistral va taqsimlash gaz quvurlari, shuningdek, 951 ta gaz taqsimlash punkti rekonstruksiya qilindi.

Qishda elektr iste’moli soatiga 290-300 million kilovatt bo‘lishi prognoz qilinmoqda. O‘sib borayotgan yuklamani ta’minlash va generatsiyani rivojlantirish uchun 2025-yil oxirigacha yangi obyektlarni, jumladan, umumiy quvvati 3 ming megavattdan ortiq quyosh va shamol elektr stansiyalari, 1167 MVt issiqlik stansiyalari va 1,5 ming megavattdan ortiq energiya saqlash tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yil boshidan buyon aholiga 464 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 199 ming tonnaga oshadi. Gaz ta’minoti uzluksizligini kafolatlash maqsadida respublika bo‘yicha 29 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlari zaxirasi yaratildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная