O‘zbekiston

O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga a’zo bo‘lishga kelishib oldi

Mamlakat tashkilotga yana bir qadam yaqinlashdi.

O‘zbekiston Ekvador bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar berdi prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov.

Mutaxassis Ekvador bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralar 6-noyabr kuni muvaffaqiyatli yakunlanganini aytib, konstruktiv muloqot va qo‘llab-quvvatlash uchun Ekvador tomoniga minnatdorlik bildirdi. Shu tariqa mamlakat JSTga a’zo bo‘lish uchun yana bir qadam yaqinlashdi.

Ta’kidlash kerak, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 11-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan ham ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Ayni paytda mamlakat JSTga a’zo bo‘lish uchun yana ikkita davlat bilan kelishib olishi qoldi.

Eslatib o‘tamiz, JST rahbari Buxoroga tashrif buyurib, diqqatga sazovor joylar yaqinidagi hojatxonalarni ko‘zdan kechirgandi. Mutaxassis ularning sifatini yaxshilash bo‘yicha bir nechta maslahatlar berdi, shuningdek, inklyuzivlikni yaxshilashni tavsiya qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная