19 Noyabr 2024, 09:39 Oʻzbekiston

O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda O‘zbekiston davlat qarzi 45,1 milliard dollarga yetishini pronoz qildi.

O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi mumkin

O‘zbekiston davlat qarzi 2025-yil yakunida 45,1 milliard dollarga yetishi pronoz qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Fuqarolar uchun byudjet” hisobotida keltirilgan.

Qayd etilicha, joriy yilda yangilangan hisob–kitoblarga ko‘ra, davlat qarzi 39,7 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

2025-yilga kelib, davlat qarzi 45,1 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,7 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda, deyiladi vazirlik axborotida.

Manbaga ko‘ra, 2024-yil yakunida davlat tashqi qarzini jalb qilish bo‘yicha yangidan imzolanadigan shartnomalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etiladi. Shundan 2,5 milliard dollari investitsiya loyihalariga, 2,5 milliard dollari byudjetni qo‘llab–quvvatlashga yo‘naltiriladi.

2025-yilda esa qariyb 5,5 milliard dollarlik davlat tashqi qarzini jalb qilish rejalashtirilgan. Mazkur kredit mablag‘larininng 2,5 milliard dollari investitsiya loyihalari, 3 milliard dollari esa byudjetni qo‘llab quvvatlash uchun sarflanishi kutilmoqda.

Mashhur yangiliklar