Oʻzbekiston BRICS hamkori boʻlishga tayyor — Kreml vakili
Rossiya prezidenti yordamchisi 2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston rasman BRICS'ga hamkor davlat maqomini olishini aytdi.

BRICS hamkori maqomini oladigan davlatlar orasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston ham borligi taʼkidlanmoqda. Bu haqida TASS nashri xabar berdi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning taʼkidlashicha, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozogʻiston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va Oʻzbekiston BRICS hamkori boʻlishga tayyorligini tasdiqlangan.
“Qozondagi sammitning muhim natijalaridan biri BRICS boʻyicha hamkor 13 ta davlatdan iborat roʻyxatni tasdiqlash boʻldi. Bu davlatlarga tegishli taklifnoma yuborildi. Bugungi kunga kelib Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozogʻiston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va Oʻzbekistondan BRICS hamkori boʻlishga tayyor ekanini tasdiqladi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab ular rasman BRICS hamkor davlatlari maqomini oladi”, deydi Ushakov.
Kreml vakiliga koʻra, bu davlatlar vakillari BRICS sammitlari va tashqi ishlar vazirlari yigʻilishlari doirasidagi alohida yigʻilishlarga taklif qilinadi.
Maʼlumot uchun, BRICS tashkilot 2006-yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan. Tashkilot aʼzolari iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan yirik mamlakatlar sifatida ifodalanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







