2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 440 o‘rin ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Yirik shaharlarda ham, chekka hududlarda ham yangi bolalar bog‘chalari barpo etilmoqda, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, shaharlarda qishloq joylarga qaraganda ko‘proq maktabgacha ta’lim muassasalari ochilgan. Jami o‘rinlardan:
- shahar joylarda — 780 o‘rin;
- qishloq joylarda — 660 o‘rin.
Eslatib o‘tamiz, ayrim o‘zbekistonliklarga xususiy bog‘chalar uchun to‘lovlar kompensatsiya qilinmoqda. Bolalar ro‘yxati avtomatik tarzda shakllantiriladi.




















