O‘zbekiston

O‘zbekiston bo‘ylab uzoq kutilgan yomg‘ir yog‘adi — hududlar

Tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin.

4-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda tuman tushadi, tog‘larda qor yog‘adi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi.

Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin.

Avvalroq “O‘zgidromet” dekabr oyi o‘rtacha harorat rejimi bo‘yicha iqlimiy me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar oyning ayrim kunlarida 2-4 kun davom etadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная