O‘zbekiston bir yilda qancha qovun yetishtirgani ma’lum bo‘ldi
Jami hosilning yarmi fermer xo‘jaliklarida yetishtirildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 953 ming tonna qovun yetishtirilgan.
Ulardan:
- fermer xo‘jaliklarida – 512,4 ming tonna;
- dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 389,6 ming tonna;
- qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 51 ming tonna.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qovunning yangi navini yaratish rejalashtirilmoqda. Takomillashtirilgan poliz ekin turi yuqori hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Seleksiya ishlarida zamonaviy yondashuvlar, chuqur tahlil va innovatsion usullar faol qo‘llanilmoqda.
Izohlar