27 Mart 2025, 15:13 Oʻzbekiston

Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblari maʼlum boʻldi

Yakuniy turnirga guruh gʻoliblari yoʻl oladi.

Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblari maʼlum boʻldi

Malayziyada ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi-2026 saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, qurʼa tashlash marosimi Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida boʻlib oʻtgan. Tadbir yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi “F” guruhida Nepal, Laos va Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Saralash bosqichi 23-iyundan 5-iyulgacha boʻlib oʻtadi. Final turniriga guruh gʻoliblari yoʻl oladi. Ularga Avstraliya, Xitoy, Koreya va Yaponiya qoʻshiladi.

Mashhur yangiliklar