O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi bir yil davomida 2 foizga o‘sib, 37,5 million kishidan oshgan.

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 37 million 543,2 ming kishiga yetdi. Shu tariqa 2024 yilda aholi o‘sishi 2 foizni yoki 743,4 ming kishini tashkil etdi.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, jami aholining 18,9 millioni (50,4 foizi) erkaklar, 18,6 millioni (49,6 foizi) ayollardir. Shahar aholisi 19,1 million (51 foiz), qishloq aholisi 18,4 million (49 foiz) kishini tashkil etadi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori zichligi Toshkent shahrida 6948,1 nafar, Andijon viloyatida 804,9, Farg‘ona viloyatida 613,1 nafarni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida — 9,9 va Qoraqalpog‘istonda — 12,2.
2024 yilda 926,4 ming bola tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,7 foizga kam.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning otalari yoshga qarab quyidagi nisbatda taqsimlandi: 10,7 foiz — 25 yoshgacha, 82,5 foiz — 25−39 yosh, 6,8 foiz — 40 yosh va undan katta. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 39,3 foizida onalar yoshi 25 yoshgacha, 59,5 foizida 25−39 yosh, 1,2 foizida 40 yosh va undan katta bo‘lgan.
Tug‘ilishning eng katta ulushi Samarqand viloyatida (12 foiz) kuzatildi, Farg‘ona viloyatida — 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida — 10,9 foiz, Andijon viloyatida — 9,3 foiz va Surxondaryo viloyatida — 9,1 foiz.
Tug‘ilish darajasi Sirdaryo viloyatida (2,4 foiz), Navoiy viloyatida (2,8 foiz), Jizzax viloyatida (4,2 foiz), Qoraqalpog‘istonda (4,5 foiz) va Buxoro viloyatida (5 foiz) nisbatan past.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 2024-yili qancha egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p shahar va tumanlar ma’lum qilindi O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi O‘zbekistonda 2024-yili aholining umumiy daromadlari 896 trln so‘mga yetdi O‘zbekistonga 1 yilda qancha turist kelgani ochiqlandi
Soʻnggi yangiliklar







