O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam jo‘natdi
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda bir qator mutasaddilar tomonidan yetkazib berilgan.

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami, jumladan, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berildi, deb xabar qildi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami 25−30-dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on xalqini O‘zbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish so‘roviga asosan amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi Uch viloyatda noqonuniy yer savdosiga chek qo‘yildi DXX uch viloyatda noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi Surxondaryoda ona-bola o‘ldirildi, ularning uyi yoqib yuborilgan Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kg giyohvandlik vositasi fosh qilindi
Soʻnggi yangiliklar







