O‘zbekiston afg‘on harbiylari olib o‘tgan vertolyotlarning bir qanchasini AQShga qaytargan
O‘zbekiston afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan vertolyotlarning bir qismini AQShga qaytargani ma‘lum bo‘ldi.

Qo‘shma Shtatlar “Tolibon” hokimiyatga kelgan vaqti afg‘on uchuvchilari tomonidan O‘zbekistonga olib o‘tilgan vertolyotlarning bir qismini qaytardi. Bu haqda “Amerika ovozi” telekanali O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida o‘tgan tadbirda qatnashgan Pentagon rasmiylariga tayanib xabar berdi.
“Tolibon”dan qochgan afg‘on uchuvchilari O‘zbekistonga olib o‘tgan Amerika samolyot va vertolyotlarining aksariyat qismi respublikaga berilgan. Pentagon yaroqli deb topgan texnik vositalardan yettitasi – Black Hawk vertolyotlari hozirda AQShga qaytarilgan, deya ma’lum qildi telekanal muxbiri Navbahor Imamova.
Tadbirda, shuningdek O‘zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Furqat Sidiqov so‘zga chiqib, Toshkent Vashington bilan har sohada hamkorlikni oshirishga tayyorligini ma‘lum qildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati ikki davlat xavfsizlik tizimlari va qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlikni qadrlashi ta’kidlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi AQShda O‘zbekiston fuqarosi siyosiy ayblov bilan hibsga olindi Fuqaroni AQShga yuborish evaziga 20 ming dollar olgan shaxslar ushlandi Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi Fuqaroni aylanma yoʻl bilan AQShga yuborish evaziga 40 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







