O‘zbekiston 2030-yilga borib sayyohlar sonini 25 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda
Buning uchun rasmiylar transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, sayyohlik xizmatlari sifatini oshirishni xohlamoqda.

2030-yilga borib O‘zbekistonda xorijiy sayyohlar sonini yiliga 25 mln nafarga, mahalliy sayyohlar sonini esa 50 mln nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat o‘z rejalarini amalga oshirish uchun transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, sayyohlik xizmatlari sifatini oshirishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, hozirda mamlakatga har oyda 1 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Shu munosabat bilan rasmiylar bu ko‘rsatkichni har oyda 2 million sayyohga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, transport infratuzilmasini rivojlantirish, aeroportlar soni va ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, aviaqatnovlar va mehmonxonalar sonini ko‘paytirish turizm infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida 2030-yilga borib xorijiy sayyohlar sonini 25 million kishiga yetkazishga yordam beradi.
Avvalroq Toshkentda turizm va gastronomik ko‘chalar qurilishiga 1 trillion so‘m ajratilishi haqida xabar berilgandi. Shavkat Umurzoqovning aytishicha, 24 km uzunlikdagi tunu kun ishlaydigan ko‘chalar qurilishi rejalashtirilgan.
Izohlar