O‘zbekiston 1-yanvardan BRIKSning hamkor davlatiga aylanadi
Avvalroq RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 1-yanvardan bir qator davlatlar ushbu maqomga ega bo‘lishini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston 2025-yil 1-yanvardan BRIKSning hamkor davlati maqomini oladi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi “BRIKS Plyus” sammitida yangi toifa — hamkor davlatlarni tashkil etish orqali tashkilotni kengaytirish imkoniyati ishlab chiqilganini aytgan edi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aloyev O‘zbekiston BRIKSdagi faoliyatini “qadamma-qadam” chuqurlashtirishga intilayotganini ta’kidlagandi.
“BRIKSning jahondagi nufuzi o‘sishda davom etmoqda. BRIKS bilan hamkorlik qiluvchi va a’zo bo‘lishni xohlovchi davlatlar soni ortib bormoqda. Biz ham shu yo‘ldan boryapmiz va kelgusida, albatta, a’zo mamlakatlar bilan aloqalarimizni tubdan rivojlantiramiz”, degan u.
TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bunday hamkorlikda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, transport, yashil energetika va raqamlashtirish sohalaridagi o‘zaro hamkorlikka qaratilishini ta’kidlagandi.
23-dekabr kuni RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 1-yanvardan bir qator davlatlar ushbu maqomga ega bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







