3 Iyul 2024, 09:23 Oʻzbekiston

Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 mingdan oshdi

“WikiStipendiya” jamoaviy marafoni oʻzbek tilini Vikipediyadagi maqolalar soni boʻyicha dunyo vikireytingida 40-oʻringa olib chiqdi.

Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 mingdan oshdi

Vikipediya onlayn ensiklopediyasidagi oʻzbekcha maqolalar soni 300 mingdan oshdi.

Maʼlum qilinishicha, bu natijaga erishishda may-iyun oylarida oʻtkazilgan “WikiStipendiya” jamoaviy marafonining 1-turi katta oʻrin tutgan.

Marafonga qadar oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 260 mingga yaqin edi, tur davomida ishtirokchilarning faolligi bilan maqolalar soni 300 mingdan oshdi.

Mashhur yangiliklar