O‘tgan oy uchun “Palov indeksi” e’lon qilindi
O‘zbekistonda dekabrda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Statistika agentligi 2024-yilning dekabr oyi uchun “Palov indeksi”ni e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, osh markazlarida eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 34 744 so‘m bo‘lgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 22 201 so‘mdan sotilgan.
Qolgan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan bir porsiya palovning o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 718 so‘m;
- Andijon viloyati – 31 184 so‘m;
- Buxoro viloyati – 33 717 so‘m;
- Jizzax viloyati – 28 762 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 30 688 so‘m;
- Navoiy viloyati – 26 8759 so‘m;
- Samarqand viloyati – 30 480 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 28 575 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 25 741 so‘m;
- Toshkent viloyati – 27 300 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 26 602 so‘m;
- Xorazm viloyati – 30 939 so‘m.
Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 2024-yili qancha egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi xizmati tariflari oshdi Toshkentda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasaydi Toshkent shahrida 1 sotix yer necha pul? O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
Soʻnggi yangiliklar







