Oʻrta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz portladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 5-dekabr kuni soat 07:46 da O‘rta Сhirchiq tumani, “Kim Pen Xva” MFY, Qutb Yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev yetib bordi va uning rahbarligida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Shuningdek, hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, Prokuratura, IIB, SSB, “Hududgazta’minot” rahbar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyida amaliy harakatlarni olib bormoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Bekoboddagi zapravkada 11 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Toshkent viloyati 19 yoshli yigit pichoqlab o‘ldirildi Buxorodagi yana bir uyda gaz portladi Bekobodda qum qazib olganlar tabiatga 100,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi Toshkent viloyatida issiqxona 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







