O‘rikzor dam olish kunlarisiz ishlamoqda — Toshkent hokimligi
Avvalroq qurilish bozori yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzgani uchun yopib qo‘yilgandi.

15-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “O‘rikzor” savdo majmuasi faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Poytaxt hokimligining rasmiy xabariga ko‘ra, majmua hududidagi barcha obyektlar tasdiqlangan tartibda — haftasiga yetti kun, dam olish kunlarisiz ishlashda davom etmoqda.
“O‘rikzor savdo kompleksi qandaydir qurilish yoki rekonstruksiya ishlari munosabati bilan yopilmaydi, uni tugatish, buzish, rekonstruksiya qilish haqidagi taxminlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Toshkent shahri aholisi va mehmonlaridan tekshirilmagan va ishonchsiz ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan boshlab FVV va HET “O‘rikzor” yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ko‘plab qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangani sababli faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgandi, bu haqda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qaror chiqargan. Barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng bozor ochilishi kerak edi.
Izohlar