14 Fevral 2025, 18:19 Oʻzbekiston

O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlar rag‘batlantiriladi

Xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi.

O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlar rag‘batlantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakat yoshlari bilan muloqoti chog‘ida inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhimligi, ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyosligini ta’kidladi.

Endi, xorijiy tillardan “S1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.

Mashhur yangiliklar