8 Oktabr 2024, 19:24 •Oʻzbekiston
Nukusdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida omborxonaning 150 metr kvadrat maydonida qurilish mollari yonib zararlangan.
Nukus shahridagi omborxonada yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 oktyabr kuni soat 12:47 da FVBga Nukus shahri, “Jyeke Terek” MFY joylashgan qurilish mollari saqlanib kelingan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:53 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:09 da o‘rab olingan va soat 13:15 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida omborxonaning 150 metr kvadrat maydonida qurilish mollari yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi
11 Noyabr 2024, 19:32Hafta davomida havo harorati sovib boradi
11 Noyabr 2024, 18:591-dekabrdan ichimlik suvi uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
11 Noyabr 2024, 18:25Navoiydagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
11 Noyabr 2024, 17:53O‘zbekistonga pirotexnika vositalari olib ketayotgan yuk avtomobili to‘xtatildi
11 Noyabr 2024, 17:20Bitkoin kursi rekord darajada oshib ketdi
11 Noyabr 2024, 16:47O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
11 Noyabr 2024, 16:12ChatGPT 30 daqiqa ishlamay qoldi
11 Noyabr 2024, 15:28