8 Oktabr 2024, 19:24 Oʻzbekiston

Nukusdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida omborxonaning 150 metr kvadrat maydonida qurilish mollari yonib zararlangan.

Nukusdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Nukus shahridagi omborxonada yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 oktyabr kuni soat 12:47 da FVBga Nukus shahri, “Jyeke Terek” MFY joylashgan qurilish mollari saqlanib kelingan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:53 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:09 da o‘rab olingan va soat 13:15 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida omborxonaning 150 metr kvadrat maydonida qurilish mollari yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar