4 Yanvar 2025, 14:08 Oʻzbekiston

Nukusda harbiy xizmatchi 5 nafar fuqaroni pichoqladi

Harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan askar 5 nafar fuqaroni pichoqladi, ulardan biri vafot etgan.

Nukusda harbiy xizmatchi 5 nafar fuqaroni pichoqladi

Qoraqalpog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan askar 5 nafar fuqaroni pichoqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-yanvar kuni Nukusda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismda xizmat o‘tayotgan askar mast holatda harbiy qismdan chiqib ketib, yon atrofdagi xonadonlardan biriga kirib borgan. U yerdagi oshxonadan pichoqni olib, uxlab yotgan uy egalariga hujum qilgan.

Askar 5 nafar fuqaroni pichoqlab, ularga turli darajada jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchilarning biri vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs ushlangan. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur ish Harbiy prokuratura yurituviga olingan.

Mashhur yangiliklar