6 Fevral 2025, 10:49 Oʻzbekiston

Nukusda bog‘cha tarbiyachisi va yordamchisi bolalarni tepib, kaltakladi

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Nukusda bog‘cha tarbiyachisi va yordamchisi bolalarni tepib, kaltakladi

Nukusdagi bogʻchalarning birida tarbiyachi va uning yordamchisi bolalarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻcha tarbiyachisi mashgʻulot davomida bolalardan birini tepgani, yigʻlagan vaqtida sudragani tasvirlangan video tarqaldi. Yana bir holatda esa yigʻlagan bola tarbiyachi tomonidan shippak bilan kaltaklangan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasining maʼlum qilishicha, videolavhada aks etgan holat 2024-yil noyabr oyida Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S tomonidan sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Natijasiga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar