Noyabr oyining so‘nggi haftasida o‘zbekistonliklarni quruq va iliq ob-havo kutmoqda
Havo harorati faqat mamlakat shimolida noldan pastga tushadi.

Noyabr oyining so‘nggi ish haftasida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Kunduzi havo harorati 13-18° iliq atrofida bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida shimolda va cho‘l hududlarda harorat 2-3 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab hududning katta qismida 0-5 daraja iliq, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘ladi. Shamol sharqdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 15-18° iliq bo‘ladi.
Izohlar