23 Noyabr 2024, 18:44 Oʻzbekiston

Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinmoqda.

Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Taʻlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari:

  • barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan ozod qilinadi;
  • unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovarlarga bojxona toʻlovlari toʻlamaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

  • zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
  • kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
  • oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

  • nodavlat taʻlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchi kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
  • davlat va nodavlat taʻlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHM 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

Mashhur yangiliklar