Navoiyning ikki tumaniga yangi IIB boshliqlari tayinlandi
Husniddin Joʻrayev Tomdi, Aziz Ikromov esa Karmana tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Navoiy viloyatining ikki tumaniga yangi IIB boshliqlari tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Buyruqqa koʻra, Joʻrayev Husniddin Nurillayevich Tomdi tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Joʻrayev 1979-yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2001-yilda IIV akademiyasini, 2012-yilda IIV Akademiyasi Oliy akademik kursini tugatgan.
U mazkur tayinlovga qadar Uchquduq tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, tegishli buyruq bilan Ikromov Aziz Yusuf oʻgʻli Karmana tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Aziz Ikromov 1982-yilda Navoiy viloyati, Karmana tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2005-yilda IIV akademiyasini, 2015-yilda IIV Akademiyasi Oliy akademik kursini tamomlagan.
Ushbu tayinlovgacha u Tomdi tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







