Navoiyda uch yigit Paynet terminalini o‘g‘irlayotganda qo‘lga tushdi
Qurilmada besh million so‘mdan biroz ko‘proq mablag‘ mavjud bo‘lgan.

Navoiyda Paynet terminalini o‘g‘irlagan uch nafar yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 5-avgustga o‘tar kechasi “Taraqqiyot” mahallasida sodir bo‘lgan. 21, 23 va 25 yoshdagi uch nafar yigit oldindan avtomobil raqamlarini yechib, tibbiy qo‘lqop va niqoblarni taqib olgan. Ular mashinada terminal oldiga kelib, uni avtomobil yukxonasiga joylashtirishdi. Qurilmada 5 263 000 so‘m pul bor edi. Davlatga yetkazilgan zarar 36 mln 763 ming so‘mga baholanmoqda.
Huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchilarni hibsga oldi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda uch kishi Paynet terminalini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani, biroq uni olib keta olmagani haqida xabar berilgan edi. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari o‘g‘rilik qilishga ulgurmaganlarni tezda qo‘lga olishdi.
Izohlar