Navoiyda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 6,3 mlrd zarar yetkazdi
Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Navbahor tumani “Qorovultepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida soat tonggi 04:30 da o‘tkazilgan reyd davomida Qiziltepa tumani Toshrabot qishlog‘ida yashovchi fuqarolar G‘.Sh., O.M. va A.Z. Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlashgani aniqlandi.
Huquqbuzarlar jami 26 ta tovon, 8 ta oq amur, 6 ta do‘ngpeshona, 32 ta zog‘ora, 32 ta laqqa, 249 ta Samarqand loyxo‘ragi hamda 46 ta O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori baliqlarini ovlagan.
Natijada tabiatga 6 milliard 324 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda sifatsiz ishlar sabab bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi Navoiyda hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda To‘rt hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Savdo-sanoat palatasi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi