Navoiyda ko‘chatlatlarni qarovsiz qoldirgan 53 nafar mas’ul jarimaga tortildi
Navoiy viloyatida ko‘chatlatlarni qarovsiz qoldirgan 53 nafar mas’ul 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi.
Navoiy viloyatida 53 nafar mas’ul 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, 23-yanvardan 22-iyulga qadar o‘tkazilgan o‘rganish davomida Uchquduq tumanida 10 nafar, Konimex tumanida 7 nafar, Navbahor tumanida 6 nafar, Karmana tumanida 5 nafar, Qiziltepa tumanida 5 nafar, Tomdi tumanida 5 nafar, Xatirchi tumanida 5 nafar, Zarafshon shahrida 4 nafar, Nurota tumanida 3 nafar, Navoiy shahrida 2 nafar, G‘ozg‘on shahrida 1 nafar mas’ul shaxslar tomonidan hududlarda 2023-yil kuzi va 2024-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qilinmagani, sug‘orilmagani, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani aniqlandi.
Holat yuzasidan 53 nafar mas’ul shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 180 million 200 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 6,3 mlrd zarar yetkazdi Navoiyda yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi Navoiyda alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi Navoiyda qariyb 230 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Navoiyda 281 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi