Navoiyda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati YHXB Qiziltepa tumanida beshta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 fevral kuni Qiziltepa tumani Toshrabot qo‘rg‘oni «Qal’ai Azizon» MFY hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega 4R-63 avtomobil yo‘lining 68-69-kilometrlar oralig‘ida N.U. ismli haydovchi Malibu rusumli avtomashinasida ichki ko‘chadan harakatlanib chiqayotib, birinchi darajali yo‘ldan kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, ushbu mashinalar yo‘lning chekka qismida turgan Damas, Nexia-3 hamda Lacetti rusumli avtomashinalarga kelib urilgan.
O‘rganishlar davomida ushbu YHT oqibatida biror-bir fuqaro tan jarohati olmagani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi Fargʻonada avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushdi Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Andijonda “Nexia-3” bilan toʻqnashgan “Damas” zovurga agʻdarilib ketdi
Soʻnggi yangiliklar







