Navoiyda 281 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Qiziltepa tumanida jami 281 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan shaxslar qo‘lga olindi.
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qiziltepa tumanida joylashgan “K.Q.J.” fermer xo‘jaligiga tegishli elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatilib, 175 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Shuningdek, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar M.B. va I.S. lar dehqonchilik yerlarini sug‘orish maqsadida suv nasoslarini hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 106 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum bo‘ldi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Yangiyo‘lda MChJ qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani aniqlandi Navoiyda o‘zganing qariyb 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi Ayrim iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lov tarifini o‘zi tanlashi mumkin bo‘ladi Navoiyda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 6,3 mlrd zarar yetkazdi Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi