Narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi
Ulardan biri 13,5-yil ikkinchisi 15-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Narkolaboratoriya tashkil qilgan uyushgan jinoiy guruh aʼzolari uzoq muddatga qamaldi, deb xabar bermoqda OʻzA.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyatining Quvasoy shahrida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro I.I. Telegram messenjerida giyohvandlik vositalari sotish bilan shugʻullanuvchi uyushgan jinoiy guruh aʼzosi tomonidan gaz pechi ichiga yashirilib, Rossiyadan yuborilgan 321 gr “5F-APINACA” nomli sintetik narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, keyinroq I.I. tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu ajal ogʻusini olish uchun kelgan vaqtida Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi J.S. ham qoʻlga olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, uyushgan jinoiy guruh aʼzosi topshirigʻiga koʻra, J.S. Andijon shahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlangan.
Bundan tashqari, J.S. tomonidan Marhamat tumani hududidagi xufiya joyga yashirib qoʻyilgan 4 kg 372 gr “a-PVP” sintetik narkotik moddasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, I.I. 13-yil 6 oy va J.S. 15-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona hokimi sportchi Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi Kompyuter klubida janjal ko‘targanlar qamoqqa olindi Fargʻonada avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushdi Farg‘onada noqonuniy hujra tashkil etgan shaxslar aniqlandi Farg‘onada 2 tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi
Soʻnggi yangiliklar







