17 Iyul 2024, 09:56 Oʻzbekiston

Namanganlik tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga yuboriladi

Hamshiralarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Germaniyaga ishga jalb qilishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolandi.

Namanganlik tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga yuboriladi

Namangan viloyatidan tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga jalb qilinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Shveysariyaning Globogate concept AG. tashkiloti menejeri Yoxanes Meyer va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini viloyatda nemis tiliga o‘qitish va Germaniya klinikalariga ishga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyatda hamshiralarni nemis tiliga o‘qitish va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Germaniyaga ishga jalb qilishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolandi.

Mashhur yangiliklar