Namangandagi ayanchli avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi
Chust tumanida boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti Damas va Labo rusumli mashinalarga borib urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanida daxshatli avtohalokat sodir bo‘lgani va oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 yanvar kuni soat 08:45larda Chust tumani “Qorakapa” MFY hududidan o‘tgan D-116 “Chust-Axcha-Pop” avtomobil yo‘lining 8-kilometrida Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas va Labo rusumli trasnport vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Qayd etish kerakki, vafot etganlar haqida rasmiy axborot e’lon qilinmagan va hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilayotgani bildirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangada FVB boshlig‘i 160 ming dollar bilan ushlandi Namanganda ikki kishini Hajga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi Toshkentda Nexia-3 yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urildi Namanganda 15 kunlik chaqaloq tamaddixona oldiga tashlab ketildi Namanganda ayol oʻzini ikki farzandi bilan kanalga tashladi