9 Dekabr 2024, 10:32 •Oʻzbekiston
Namanganda yo‘l o‘rtasiga ko‘p yillik chinor qulab tushdi
8-dekabr kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 60-yillarida ekilgan chinor yo‘l o‘rtasiga quladi.
Namangan viloyatining Mingbuloq tumani Jomasho‘y shaharchasi markazidagi ko‘p yillik chinor qulab tushdi.
“Daryo”ning xabar berishicha, hodisa 8-dekabr kuni tushga yaqin sodir bo‘lgan. Baxtli tasodif bilan odamlarga shikast yetmagan, avtomobillar talafot ko‘rmagan.
Xudoning o‘zi saqladi. Gavjum ko‘cha bu, bozor bo‘ladigan kunlarga to‘g‘ri kelganida oqibati yomon bo‘lardi, deya izoh qoldirgan voqea guvohlari.
O‘tgan asrning 60-yillarida ekilgan chinorning qulashiga daraxtning qurigani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Gavjum yo‘lni to‘sib qo‘ygan daraxt mahalliy aholi yordamida chetga olinib, shox-shabbalari arralanib, obodonlashtirish boshqarmasi ixtiyoriga topshirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rahbar tayinlandi
21 Dekabr 2024, 19:08O‘zbekistonda Bojxona kodeksining yangilangan loyihasi ishlab chiqiladi
21 Dekabr 2024, 18:14Toshkent viloyatida tarbiyachi bog‘cha bolasini kaltakladi
21 Dekabr 2024, 17:23Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi
21 Dekabr 2024, 16:3022 dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi
21 Dekabr 2024, 15:20Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi
21 Dekabr 2024, 14:25Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
21 Dekabr 2024, 13:28Husanov faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin
21 Dekabr 2024, 12:31