
Namanganda yigit qarindoshi va uning bolalarini vahshiylarcha pichoqlab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Ayol sudlanuvchining uyida tez-tez chiroqni oʻchirib qoʻygan, bu esa uning jahlini chiqargan.

Namangan viloyatida 22 yoshli yigit amakisining xotini va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini vahshiylarcha pichoqlab oʻldirdi.
Voqea Pop tumanida sodir boʻlgan. Ayblanuvchining otasi uy-joy masalasida qoʻshni yashaydigan akasi bilan janjallashib qolgan. Akasining xotini koʻpincha qoʻshni xonadondagi chiroq va gazni ogohlantirishsiz oʻzboshimchalik bilan oʻchirib qoʻygan. Akaning oʻzi Rossiyada ishlab yurgan.
Voqea sodir boʻlgan kuni 22 yoshli yigit taxminan soat 20:00 da uyiga kelib, chiroq va gaz yana oʻchirilganini koʻrgan. U gʻazablanib, qoʻliga pichoq olib, ayolning 13 yoshli oʻgʻliga hujum qilgan va uning boʻyni, koʻkragi va qorniga 29 ta pichoq jarohati yetkazgan.
Shundan soʻng u ayolga tashlanib, unga 42 ta jarohat yetkazgan. Keyin qoʻrqqanidan xonaga qamalib olgan ikkinchi bolaning ortidan oshxonaga yoʻl oldi. Yigit eshikni ochmoqchi boʻlganida pichoqni sindirib, uni tepib yuborgan, oshxonadan boshqa pichoqni olib, bolaning koʻkragi va qorniga 39 marta urgan. Ayol va bolalar voqea joyida vafot etgan.
Jinoyatchi oʻz qilmishini yashirishga uringan, marhumaning telefoni va pichogʻini olib, hammasini polizga tashlagan, singan pichoqni esa oʻzi bilan olib ketgan. Sud sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlari (Qasddan odam o‘ldirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
Soʻnggi yangiliklar







