23 Dekabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Namanganda o‘qituvchilar va bog‘cha tarbiyachilari bayram konsertiga chipta sotib olishga majburlandi

Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi izoh berdi.

Namanganda o‘qituvchilar va bog‘cha tarbiyachilari bayram konsertiga chipta sotib olishga majburlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi maktab va davlat bog‘chasi xodimlariga bayram konsertiga majburiy ravishda chipta sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, tuman MMTB xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlandi. Taʼlim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berildi.

MMTB xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

“Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi umumtaʼlim muassasalarida nainki majburiy, balki asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildiriladi”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar