Namanganda ham yangi universitet ochilmoqda
Namangan viloyatida uchta institut negizida yangi universitet ochiladi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
2025-2026 o‘quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko‘riladi.
2026-2027 o‘quv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi ta’minlanadi.
2025 yildan yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Uch hududda haj va umraga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi Namanganda 95 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







