Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Namangan viloyatidagi novvoyxonada 273 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda O-N. oilaviy korxonasi rahbari M.O. korxona novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, 273,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uychi va To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi Z.Q. va S.O. MChJ mas’ul shaxslari hamda YaTT M.A. ishlab chiqarish sexlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 161,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi Namanganda JAC pikapi yonib ketdi Surxondaryoda 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Boʻstonliqda 7 ta “dacha” energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlandi