Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Namangan viloyatidagi novvoyxonada 273 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda O-N. oilaviy korxonasi rahbari M.O. korxona novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, 273,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uychi va To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi Z.Q. va S.O. MChJ mas’ul shaxslari hamda YaTT M.A. ishlab chiqarish sexlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 161,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs qamaldi Qalin tuman sabab Namangan aeroporti faoliyati cheklandi Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Samarqand va Namanganda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Xorazm va Toshkentda 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi