28 Dekabr 2024, 09:27 Oʻzbekiston

Namanganda ayol oʻzini ikki farzandi bilan kanalga tashladi

Voqeaga guvoh boʻlgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olingan, biroq onaning hayotini saqlab qolishni imkoni boʻlmagan.

Namanganda ayol oʻzini ikki farzandi bilan kanalga tashladi

Namangan shahrida ona bir va uch yoshli farzandlari bilan oʻzini kanalga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, 2024-yilning 20-dekabr kuni Temir koʻchasida yashagan 25 yoshli ayol turmush oʻrtogʻi bilan uzoq muddatdan buyon birga yashab kelmayotgani, oʻzaro oilaviy kelishmovchilik sababli ruhiyatida boʻlgan oʻzgarishi tufayli oʻzi 3 va 1 yashar oʻgʻil farzandlarini Shimoliy Fargʻona kanaliga tashlagan.

Voqeaga guvoh boʻlgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olingan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamlar natijasida ularning hayoti saqlab qolingan. Biroq onaning hayotini saqlab qolishni imkoni boʻlmagan.

Oʻsha kuni Namangan viloyat qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Shimoliy Fargʻona kanalidan 25 yoshli ayol oʻlik holda chiqarib olingan.

Prokuratura xabariga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mashhur yangiliklar