18 Fevral 2025, 14:36 Oʻzbekiston

Namanganda 95 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Namanganda 95 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

Namangan viloyatida tadbirkor elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Uychi tumanida joylashgan “E.J.A.” yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli umumiy ovqatlanish binosida elektr hisoblagichdan tashqari ulangan holda, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 95.8 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar