Namanganda 9-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi
Namangan shahrida maktab o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada YTH sodir etdi.
Namangan shahrida maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 2 noyabr kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Namangan shahar Davlatobod tumanidagi xususiy maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasini ijaraga olib katta tezlikda boshqargan.
Oqibatda, mashina boshqaruvni yo‘qotib aylanib ketgan va yo‘l chetiga o‘rnatilgan yo‘l belgisiga borib urilgan.
Dastlab o‘quvchi avvaliga mashina akasiga tegishli ekanini aytgan. Biroq surishtiruvlar davomida mashina boshqa shaxsga tegishli ekani, uni ikki soatga 150 ming so‘mga ijaraga olgani aniqlangan.
Mashinada o‘quvchi sinfdoshi bilan bo‘lgan. Hodisada baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 18 yoshli haydovchi vafot etdi Andijonda “peshexod”dan oʻtayotgan maktab oʻquvchisini mashina urib yubordi Namanganda yo‘l o‘rtasiga ko‘p yillik chinor qulab tushdi Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda Cobalt YTHga uchradi