14 Dekabr 2024, 10:51 Oʻzbekiston

Namanganda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tamaddixona aniqlandi

Namangan shahrida yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.

Namanganda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tamaddixona aniqlandi

Bosh prokuratura xabar berishicha, Namangan shahridagi MChJ rahbari va boshqalar jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Oqibatda 3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha jamiyat rahbari B.J., jamiyat ish boshqaruvchisi S. va “Namanganshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi sobiq gazchisi O.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibida ushlangan.

Mashhur yangiliklar