16 Noyabr 2024, 19:24 Oʻzbekiston

Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi

Namangan tumanida 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosi fosh boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda tamaki mahsultlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan O.A. fuqaro A.O.ning “Nexia-3” rusumli avtomashinasida umumiy bahosi 246 mln soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 237 blokdagi jami 1 185 dona elektron tamaki mahsulotini Namangan shahridagi tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarga oʻtkazish uchun olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar