Namanganda 15 yoshli bola traktor tirkamasi ostida qolib, halok bo‘ldi
Pop tumanida traktor tirkamasi ag‘darilishi oqibatida 9-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi.
Nomangan viloyati Pop tumanida 9-sinf o‘quvchisi paxta yuklangan “pritsep”dan yiqilishi oqibatida halok bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 3-noyabr kuni 2003-yilda tug‘ilgan A.A. (erkak) traktor va unga ulangan tirkamani zovur bo‘yidan o‘tuvchi ichki yo‘lda boshqarib ketayotganda, traktorga ulangan bog‘lovchi tortqich uzilib ketishi oqibatida tirkama zovurga yiqilgan.
Oqibatda 2009-yilda tug‘ilgan T.P. (o‘g‘il bola) olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Samarqandda 3-sinf o‘quvchisini avtobus urib yubordi Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi