Namanganda 15 kunlik chaqaloq tamaddixona oldiga tashlab ketildi
Go‘dak zudlik bilan tuman tug‘uruqxonasiga olib borilgan. Hozirda uning holati qoniqarli ekani aytilmoqda.
Namanganda tamaddixona oldiga tashlab ketilgan qiz chaqaloq topildi. Voqea joriy yil 25-dekabr kuni kechga yaqin Davlatobod tumanidagi tamaddixonalardan birining oldida sodir bo‘lgan. Shu yerdagi o‘rindiqqa 15 kunlik chaqaloq kiyim-kechaklari bilan birga tashlab ketilgan.
Chaqaloq zudlik bilan tuman tug‘uruqxonasiga olib borilgan. Hozirda uning holati qoniqarli ekani aytilmoqda.
Davlatobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida chaqaloqni tashlab ketgan ayol aniqlandi. 1994-yilda tug‘ilgan ayol bunga oilaviy muammolar tufayli majbur bo‘lganini bildirgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyat boshqarmasi matbuot kotibi Zulayho Zayniddinovaning aytishicha, ona bilan Davlatobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi muloqotda bo‘lgan. Hozirda chaqaloqqa tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish va vasiylik belgilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda ayol oʻzini ikki farzandi bilan kanalga tashladi Namanganda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi Namanganda 40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotganlar ushlandi Namanganda o‘qituvchilar va bog‘cha tarbiyachilari bayram konsertiga chipta sotib olishga majburlandi Namangandagi novvoyxonada giyohvandlik moddasi topildi