
Andijonda noqonuniy ziyorat turlarini tashkil etishda gumonlangan ayol qoʻlga olindi
11 Aprel 2025, 18:15Namangan viloyatidagi uylardan birida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida ogʻir jarohat olgan ikki bola vafot etdi, deb xabar bermoqda “Daryo”.
Yongʻin 23-mart kuni Yangiqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Uch bola uyning yertoʻlasiga tushib, gugurt bilan oʻynagan, sellofan, oʻtin va somonga oʻt qoʻygan, natijada yongʻin kelib chiqqan.
Voqea joyida bir bola halok boʻlgan, ikki bola esa shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning barcha saʼy-harakatlariga qaramay, ularni qutqarishning iloji boʻlmadi. Ushbu holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.