
Namangan viloyatida gugurt oʻynagan bola vafot etdi
Bolalar yertoʻlada oʻtin va shox-shabbalarni yoqib yuborgan, yongʻin oqibatida bir bola qochib qutula olmagan.

23-mart kuni Namangan viloyatida gugurt oʻynab, ogʻir kuyish jarohatini olgan toʻrt yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda Millar.
Hodisa Yangiqoʻrgʻon tumanida sodir boʻlgan. Bir necha bola yertoʻlada gugurt oʻynab, oʻtin va shox-shabbalarni yoqib yuborgan, natijada yongʻin sodir boʻlgan.
Ikki bolani derazadan tortib olib, qutqarishga muvaffaq boʻlindi. Bir bola halok boʻldi. Omon qolgan bolalar tanasining turli qismlari kuygan, halok boʻlgan bolaning tanasi yuzasi 100 foiz kuygan.
Holat yuzasidan sud-tibbiy va yongʻin-texnik ekspertizalari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Namangandagi turar joylardan birida sodir boʻlgan yongʻinda ota va bola halok boʻlgani haqida xabar berilgandi. Qutqaruvchilar 12 nafar kattalar va toʻrt nafar bolani evakuatsiya qilgan.
Soʻnggi yangiliklar







